Madaniyat va dam olishUmumiyYangiliklar

“Qo‘ng‘iroq” filmi yulduzi Deyvi Cheyz 35 yoshida vafot etdi

Mashhur “Qo‘ng‘iroq” (The Ring) filmi hamda “Lilo va Stich” multfilmidagi Lilo qahramoniga ovoz bergani bilan tanilgan amerikalik aktrisa Daveigh Chase 35 yoshida hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda xorijiy OAVlar xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, aktrisa meningit va qon infeksiyasi oqibatida yuzaga kelgan sepsis tufayli vafot etgan. Uning sevgilisi Roy Ernandesning aytishicha, kasallik organizm faoliyatining izdan chiqishiga olib kelgan.

Xabarlarga ko‘ra, Deyvi Cheyz iyun oyining boshida Los-Anjelesdagi shifoxonaga yotqizilgan. Avvaliga unda to‘yib ovqatlanmaslik bilan bog‘liq muammolar kuzatilgan, keyinchalik esa meningit va jiddiy qon infeksiyalari aniqlangan.

Aktrisa 2002-yilda bir vaqtning o‘zida ikkita mashhur loyiha orqali dunyoga tanilgan. U “Lilo va Stich” animatsion filmida Lilo obraziga ovoz bergan bo‘lsa, “Qo‘ng‘iroq” dahshat filmida Samara Morgan rolini ijro etgan. Aynan ushbu obraz uni horror janrining eng esda qolarli qahramonlaridan biriga aylantirgan.

Reaksinagiz qanday?

Tegishli Postlar

1 of 253

Javob qoldirish

Your email address will not be published. Required fields are marked *