G‘aroyibMadaniyat va dam olishUmumiyYangiliklar

BTS a’zosi Jungkookni ta’qib qilgan muxlis deportatsiya qilinishi mumkin

Janubiy Koreyada BTS guruhi a’zosi Jungkookni muntazam ravishda ta’qib qilgan braziliyalik muxlis sud hukmiga ko‘ra deportatsiya qilinishi mumkin.

Mahalliy OAV xabarlariga ko‘ra, ayol xonandaning uyiga bir necha bor kelgan, sevgi maktublari va suratlarini qoldirishga uringan. Eng e’tiborli holatlardan birida u Jungkookning eshik qo‘ng‘irog‘ini ketma-ket 133 marta bosgan.

Tergov davomida muxlisning xonanda yashaydigan manzilga 22 marta borgani aniqlangan. Shuningdek, u avvalroq chiqarilgan cheklov qarorini ham buzgan.

Sud ayolga shartli qamoq jazosi tayinladi. Biroq u xorij fuqarosi bo‘lgani sababli endilikda Janubiy Koreyadan deportatsiya qilinishi ham mumkin.

Mazkur voqea K-pop yulduzlarining shaxsiy hayotiga aralashish va muxlislar tomonidan haddan tashqari ta’qib qilinish muammosini yana bir bor kun tartibiga olib chiqdi.

Reaksinagiz qanday?

Tegishli Postlar

1 of 254

Javob qoldirish

Your email address will not be published. Required fields are marked *