Ko‘ngilocharMadaniyat va dam olishTanlanganlarUmumiyYangiliklar

Jim Kerri yana qaytadi: “Grinch 2” rasman yo‘lda

Bolaligimizning eng sevimli bayram filmlaridan biri — “Grinch — Yangi yil o‘g‘risi” yana davom etadi. Universal Pictures va Imagine Entertainment studiyalari Ron Xovard rejissyorligida “Grinch 2” filmi ustida ish boshlanganini e’lon qildi.

Eng quvonarlisi, bosh qahramonni yana o‘sha afsonaviy Jim Kerri gavdalantiradi. Aktyor ilk film suratga olish jarayonlarini og‘ir sinov sifatida eslaydi: noqulay kostyum va har kuni 8 soatlab davom etgan grim uni jiddiy qiynagan, hatto u maxsus chidamlilik bo‘yicha darslar ham olgan.

2000-yilda suratga olingan film o‘z davrining eng kassabop kartinalaridan biriga aylangan va bugungi kungacha Rojdestvo mavzusidagi eng mashhur filmlar qatorida tilga olinadi.

Reaksinagiz qanday?

Tegishli Postlar

1 of 264

Javob qoldirish

Your email address will not be published. Required fields are marked *