G‘aroyibJozibadorKo‘ngilocharTanlanganlarUmumiy

London osmonida ulkan ajdarho paydo bo‘ldi.

24-iyun kuni London aholisi va sayyohlari shaharning osmonida uchayotgan ulkan ajdarhoni ko‘rib hayratga tushdi. G‘ayrioddiy manzara dastlab ko‘pchilikni cho‘chitgan bo‘lsa-da, tez orada uning asl sababi ma’lum bo‘ldi.

Ma’lum bo‘lishicha, bu mashhur “House of the Dragon” seriali uchinchi mavsumi premyerasi munosabati bilan tashkil etilgan reklama aksiyasi edi. Tadbir doirasida uzunligi 8 metr bo‘lgan mexanik ajdarho Londonning ramziy maskanlari — London minorasi va Temza daryosi uzra uchirilgan.

Ajdarho Germaniyaning aviatsiya kompaniyasi tomonidan yaratilgan bo‘lib, uning vazni 13 kilogrammni tashkil etadi. Loyihani ishlab chiqish va sinovdan o‘tkazish uchun qariyb uch oy vaqt sarflangan.

Aksiya videolari ijtimoiy tarmoqlarda millionlab tomoshalarni yig‘di. Foydalanuvchilar uni so‘nggi yillarning eng ta’sirli reklama kampaniyalaridan biri deb baholamoqda.

Reaksinagiz qanday?

Tegishli Postlar

1 of 248

Javob qoldirish

Your email address will not be published. Required fields are marked *