Ko‘ngilocharMadaniyat va dam olishUmumiyYangiliklar

Jeki Chan yangi filmini Qozog‘istonda suratga olmoqda

Afsonaviy jangari filmlar yulduzi Jeki Chan yangi “Armor of God 4: Ultimatum” filmi suratga olish ishlarini Qozog‘istonning Mang‘istov viloyatida boshladi. Loyiha aktyorning Markaziy Osiyoda suratga olinayotgan ilk yirik filmiga aylandi.

Filmning asosiy sahnalari Mang‘istovdagi mashhur Bo‘zzhira darasi va boshqa tabiiy maskanlarda tasvirga olinmoqda. Ijodiy guruhning fikricha, hududning betakror landshaftlari filmga o‘zgacha ko‘rinish bag‘ishlaydi.

Loyiha qozog‘istonlik kinokompaniyalar ishtirokida amalga oshirilmoqda. Mahalliy hokimiyat esa suratga olish jarayonini qo‘llab-quvvatlab, film mamlakatning turizm salohiyatini dunyoga namoyish etishiga umid bildirmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, suratga olish ishlari 2026-yil oxirigacha davom etadi. Filmning jahon premyerasi esa 2027-yil fevral oyiga rejalashtirilgan.

Reaksinagiz qanday?

Tegishli Postlar

1 of 264

Javob qoldirish

Your email address will not be published. Required fields are marked *