Zendaya Parijda bo‘lib o‘tgan Spider-Man: Brand New Day filmining taqdimot marosimida o‘ziga xos uslubi bilan e’tibor markaziga aylandi.
Aktrisa tadbirda vintage uslubidagi Spider-Man futbolkasini mini-ko‘ylak sifatida tanlab, obrazini qora poshnali tufli va minimal aksessuarlar bilan to‘ldirdi. Ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari ushbu qiyofani film mavzusiga mos, kreativ va zamonaviy yechim sifatida baholamoqda.

Ta’kidlanishicha, Zendaya tanlagan vintage futbolkaning narxi taxminan 35 dollarni tashkil etadi. Shunga qaramay, sodda kiyimning noodatiy usulda taqdim etilgani moda ixlosmandlari orasida keng muhokamalarga sabab bo‘ldi.
So‘nggi yillarda Zendaya qizil yo‘lakdagi jasoratli va o‘ziga xos obrazlari bilan moda olamining eng ko‘p e’tibor qozonayotgan yulduzlaridan biri sifatida e’tirof etilmoqda. Parijdagi ushbu chiqishi ham uning uslub borasidagi navbatdagi muvaffaqiyatli tajribalaridan biri bo‘ldi.



















