Ko‘ngilocharMadaniyat va dam olishUmumiyYangiliklar

“Shrek 5”dan bir yil o‘tib Eshak haqidagi alohida multfilm chiqadi

DreamWorks mashhur “Shrek” franshizasini kengaytirishda davom etmoqda. Kompaniya “Shrek 5” premyerasidan roppa-rosa bir yil o‘tib, tomoshabinlar sevimlisiga aylangan Eshak haqida alohida animatsion filmni taqdim etishini rasman e’lon qildi.

Yangi multfilm “Donkey” deb nomlanadi va unda yana bir bor aktyor Eddi Merfi Eshak obraziga ovoz beradi. Kartina qahramonning kelib chiqishi, o‘tmishi hamda uning qanday qilib Shrek olamidagi eng mashhur qahramonlardan biriga aylangani haqida hikoya qiladi.

Loyihaga Charlie Bean rejissyorlik qiladi, hamrejissyor sifatida esa Matt Flynn ishlaydi. Filmning jahon premyerasi 2028-yil 30-iyun sanasiga belgilangan.

Eslatib o‘tamiz, “Shrek 5” 2027-yil yozida ekranlarga chiqadi. Unda Mayk Mayers, Kemeron Dias va Eddi Merfi yana o‘z mashhur qahramonlariga ovoz beradi. “Donkey” esa “Etik kiygan mushuk”dan keyingi “Shrek” olamidagi navbatdagi yirik spin-off film bo‘ladi.

Reaksinagiz qanday?

Tegishli Postlar

1 of 264

Javob qoldirish

Your email address will not be published. Required fields are marked *