JozibadorMadaniyat va dam olishPsixologik testlarShaxsiyat testlariUmumiy

Sizning kiyinish uslubingiz siz haqingizda nima deydi?

Do‘konga kiyim olgani borsangiz,  odatda qaysi turdagi kiyimni tanlaysiz?

Eng yangi modadagi kiyimlarni.

Oddiy va klassik kiyimlarni.

Rang-barang va boshqalardan ajralib turadigan kiyimlarni.

Sifatli, uzoq vaqt kiyiladigan kiyimlarni

Ko‘pchilikning e’tiborini tortadigan kiyimlarni kiyishni yoqtirasizmi?

Ha, juda yoqtiraman.

Ba’zida.

Unchalik emas.

Yo‘q.

Qaysi rangdagi kiyimlarni ko‘proq kiyasiz?

Qora, oq, kulrang kabi oddiy ranglarni.

Yorqin ranglarni.

Bej, jigarrang, zaytun kabi tabiiy ranglarni.

Kayfiyatimga qarab har xil ranglarni.

Kiyim tanlashda siz uchun nima muhimroq?

Qulay bo‘lishi.

Ham qulay, ham chiroyli bo‘lishi.

Chiroyli ko‘rinishi.

Vaziyatga qarab tanlayman.

Sizningcha, kiyimning yarashmay qolishiga nima sabab bo‘ladi?

Ranglarning bir-biriga mos kelmasligi.

Aksessuarlarning haddan tashqari ko‘pligi.

Kiyimlarning noto‘g‘ri tanlanishi.

Odamning o‘ziga ishonmasligi

Quyidagi uslublardan qaysi biri sizga ko‘proq yoqadi?

Sportcha va qulay

Klassik va chiroyli.

Rang-barang va zamonaviy.

O‘ziga xos va dadil.

Shkafingizda qaysi kiyimlar ko‘proq?

Futbolka va jinsi shimlar.

Ko‘ylak va klassik shimlar.

Rangli kiyimlar.

Modadagi yangi kiyimlar.

Sizningcha, aksessuarsiz (soat, sumka, zanjir va boshqalar) kiyinish to‘liq bo‘ladimi?

Yo‘q, albatta aksessuar kerak.

Ba’zida kerak bo‘ladi.

Kamdan-kam ishlataman.

Ha, kerak emas.

Qulay

Siz qulay kiyinishni yaxshi ko‘rasiz. Soddalikni tanlaysiz va ortiqcha bezaklarni yoqtirmaysiz. Oddiy futbolka, jinsi shim va krossovka bilan ham chiroyli ko‘rina olasiz. Siz uchun eng muhimi — o‘zingizni erkin his qilish.

Klassik

Siz modaga ergashishdan ko‘ra, har doim urfda bo‘ladigan kiyimlarni tanlaysiz. Sifatli va did bilan kiyinishni yoqtirasiz. Sizning uslubingiz hech qachon eskirmaydi.

Rang-barang

Siz kiyimlaringiz orqali kayfiyatingizni va fe’lingizni ko‘rsatishni yoqtirasiz. Yorqin ranglar va qiziqarli uslublar sizga juda mos keladi. Siz borgan joyingizga quvnoqlik olib kiradigan odamlardansiz.

Jasur

Siz boshqalardan ajralib turishni yoqtirasiz. O‘zgacha kiyimlar, noodatiy uslublar va e’tiborni tortadigan obrazlar sizni  qo‘rqitmaydi. Siz o‘zingizga ishongan va o‘z uslubingizga ega insonsiz.

Reaksinagiz qanday?

Tegishli Postlar

1 of 257

Javob qoldirish

Your email address will not be published. Required fields are marked *