Madaniyat va dam olishUmumiy

“Kumushbibi” 80 yoshda: Gulchehra Jamilovaning hayoti haqida qiziqarli faktlar

O‘zbekiston xalq artisti Gulchehra Jamilova 80 yoshni qarshi oldi. Aktrisa millionlab tomoshabinlarga “O‘tkan kunlar” filmidagi Kumushbibi obrazi orqali tanilgan bo‘lib, mazkur rol uni o‘zbek kinosining eng yorqin yulduzlaridan biriga aylantirgan.

Shunga qaramay, aktrisa turli intervyularida aynan Kumushbibi rolidan uyalishini tan olgan. Uning fikricha, qahramonning ayrim sahnalari o‘sha davr talabi asosida suratga olingan bo‘lsa-da, bugun u ularga boshqacha nigoh bilan qaraydi.

Gulchehra Jamilova bugungi kunda ham oddiy hayot tarzini saqlab qolgan. U shaxsiy avtomobil o‘rniga ko‘pincha jamoat transportidan foydalanishini, dabdabali hayotga qiziqmasligini bir necha bor ta’kidlagan.

1946-yil 2-iyulda Toshkentda tug‘ilgan aktrisa faoliyatini raqqosa sifatida boshlagan. Keyinchalik teatr va kino sohasiga kirib kelib, o‘nlab spektakl va filmlarda unutilmas obrazlarni yaratdi. 1992-yilda unga “O‘zbekiston xalq artisti” faxriy unvoni berilgan.

Reaksinagiz qanday?

Tegishli Postlar

1 of 253

Javob qoldirish

Your email address will not be published. Required fields are marked *