O‘zbekistonlik aktrisa Kumush Razzoqova samimiy suhbat davomida hayotidagi eng og‘ir sinovlar, oilasidagi judoliklar va farzandli bo‘lmagani haqidagi kechinmalari bilan o‘rtoqlashdi.
Aktrisaning aytishicha, otasi oilaviy mojaro oqibatida o‘z ukasi tomonidan pichoqlab o‘ldirilgan. Bu fojia uning hayotida chuqur iz qoldirganini va uzoq yillar davomida bu dard bilan yashaganini ta’kidladi.

Kumush Razzoqova suhbat davomida farzandli bo‘lmagani uning eng katta armonlaridan biri ekanini ham yashirmadi. Shunga qaramay, u hayotidagi sinovlarni sabr bilan qabul qilganini va bugun boriga shukr qilib yashashga harakat qilishini aytdi.
Aktrisa inson hayotida yaqinlarini qadrlash va vaqtning qadriga yetish muhimligini alohida ta’kidlab, boshidan kechirgan voqealar uni yanada kuchli va hayotga boshqacha nigoh bilan qaraydigan insonga aylantirganini bildirdi.






