O‘zbekiston milliy terma jamoasi futbolchisi Abbosbek Fayzullayevning bo‘lajak turmush o‘rtog‘i haqida yangi ma’lumotlar paydo bo‘ldi.
Muxlislar orasida futbolchining tanlagan qizi qaysi hududdan ekani keng muhokama qilinayotgan edi. Mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, Abbosbek Fayzullayevning bo‘lajak rafiqasi Namangan viloyati Chust tumanidan.

Shu bois ijtimoiy tarmoqlarda futbolchini hazil tariqasida “Namanganning kuyovi” deb atayotganlar ham ko‘paygan.
Bu xabar futbolchining muxlislari tomonidan iliq kutib olindi. Ijtimoiy tarmoqlarda ko‘plab foydalanuvchilar yosh juftlikni tabriklab, ularga baxtli va mustahkam oila, o‘zaro hurmat va mehr-muhabbat tilamoqda.
Bugun, 10-iyul kuni Abbosbek Fayzullayevning nikoh to‘yi Toshkent shahridagi to‘yxonalardan birida bo‘lib o‘tmoqda. To‘y marosimidan ilk lavhalar ijtimoiy tarmoqlarda tarqala boshlagani aytilmoqda.

Shuningdek, to‘yoldi nahor oshi marosimlari Sirdaryo viloyati hamda Toshkent shahrida o‘tkazilgani ma’lum.






