Janubiy Koreya shou-biznesining eng mashhur juftliklaridan biri sanalgan xonanda IU va aktyor Li Chon Sokning munosabatlari yakunlangani aytilmoqda. Tarqatilgan ma’lumotlarga ko‘ra, san’atkorlarning agentliklari bu borada rasmiy bayonot berib, ularning ajrashganini tasdiqlagan.
Eslatib o‘tamiz, IU va Li Chon Sok 2022-yilda o‘zaro munosabatlarini ommaga rasman e’lon qilgan edi. Shundan buyon ular Koreya shou-biznesining eng ko‘p muhokama qilingan va muxlislar e’tiboridagi juftliklardan biri bo‘lib kelgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, tomonlar o‘zaro hurmatni saqlagan holda munosabatlarga yakun yasashga qaror qilgan. Shuningdek, ular bundan buyon ham yaxshi do‘st va hamkasb sifatida aloqalarni davom ettirishi qayd etilgan.
Manbalarda aytilishicha, ajralishning asosiy sabablaridan biri har ikki san’atkorning nihoyatda band ijodiy faoliyati sabab bir-biriga yetarli vaqt ajrata olmagani bo‘lgan.
Kutilmagan xabar ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo‘ldi. Muxlislarning bir qismi bu yangilikni afsus bilan qarshi olgan bo‘lsa, boshqalari esa san’atkorlarning qarorini hurmat qilishini bildirib, ularga kelgusi ijodiy faoliyatida muvaffaqiyat tilamoqda.






