Madaniyat va dam olish

“Godzilla Kongga qarshi” filmi yulduzi Keyli Xottl 18 yoshida vafot etdi

Amerikalik yosh aktrisa Keyli Xottl (Kaylee Hottle) 18 yoshida yo‘l-transport hodisasioqibatida vafot etdi. U keng jamoatchilikka “Godzilla Kongga qarshi” (Godzilla vs. Kong)filmidagi Jia obrazi orqali tanilgan edi. Uning kutilmagan vafoti kino olami va muxlislari orasidakatta qayg‘u uyg‘otdi.

Keyli Xottl 2021-yilda ekranlarga chiqqan “Godzilla Kongga qarshi filmida eshitish qobiliyaticheklangan qizaloq Jia rolini ijro etgan. Aktrisaning tabiiy ijrosi va Kong bilan hissiy bog‘liqligifilmning eng ta’sirli jihatlaridan biri sifatida e’tirof etilgan.

Ma’lum qilinishicha, fojia yo‘l-transport hodisasi oqibatida yuz bergan. Uning oila a’zolari vayaqinlari ijtimoiy tarmoqlar orqali hamdardlik bildirgan barcha insonlarga minnatdorlik izhoretib, muxlislarni aktrisaning xotirasini iliq xotiralar bilan yodga olishga chaqirgan.

Qisqa faoliyatiga qaramay, Keyli Xottl millionlab tomoshabinlar qalbidan joy olishga ulgurganedi. Uning Jia obrazi bugungi kungacha MonsterVerse olamidagi eng esda qolarliqahramonlardan biri sifatida tilga olinmoqda.

Reaksinagiz qanday?

Tegishli Postlar

1 of 188

Javob qoldirish

Your email address will not be published. Required fields are marked *