Madaniyat va dam olish

Milliarder oroli, lemurlar va Ledi Gaga qo‘shig‘i: dunyoning eng mashhur blogeriMrBeast uylandi

Dunyoning eng mashhur YouTuberlaridan biri MrBeast (Jimmi Donaldson) uzoq yillik sevgilisi, yozuvchi va kontent yaratuvchisi Thea Booysen bilan turmush qurdi. To‘y marosimi britaniyalikmilliarder Richard Bransonga tegishli Karib dengizidagi hashamatli Necker Island orolidabo‘lib o‘tdi.

Marosim bir hafta davom etgan bo‘lib, unda 70 ga yaqin yaqin qarindosh va do‘stlar ishtiroketdi. Mehmonlar snorkeling, kaytserfing va orolda yashovchi lemurlar bilan sayr kabimashg‘ulotlarda qatnashishdi. Yangi turmush qurganlarning ilk raqsi esa Ledi Gaga va Bruno Marsning “Die With a Smile” qo‘shig‘i sadolari ostida bo‘lib o‘tdi.

Kelin Thea Booysen maxsus tikilgan Nicole + Felicia Couture libosida, MrBeast esa Ralph Lauren smokingida ko‘rinish berdi. Juftlik dabdabali shou emas, balki yaqin insonlar davrasidasamimiy va xotirjam to‘y o‘tkazishni maqsad qilganini ta’kidladi.

MrBeast va Thea Booysen 2022-yilda Janubiy Afrikada tanishgan, 2024-yil Rojdestvobayramida esa unashtirilgan edi. To‘ydan so‘ng bloger ijtimoiy tarmoqlarda: “Men MrsBeast’nitopdim. Bu hayotimdagi eng baxtli kun edi,” deya yozib, marosimdan olingan suratlarnimuxlislari bilan bo‘lishdi.

Reaksinagiz qanday?

Tegishli Postlar

1 of 188

Javob qoldirish

Your email address will not be published. Required fields are marked *