G‘aroyibMadaniyat va dam olishTOPUmumiyYangiliklar

Amir Xon nega Juhi Chavla bilan 7 yil gaplashmagan?

Bollivudning mashhur aktyori Amir Xon hamkasbi va yaqin dugonasi Juhi Chavla bilan qariyb yetti yil davomida umuman gaplashmaganini ma’lum qildi. Uning aytishicha, bunga 1997-yilda suratga olingan “Ishq” filmi maydonchasida yuz bergan arzimas kelishmovchilik sabab bo‘lgan.

Amir Xonning so‘zlariga ko‘ra, mojaro juda kichik masala tufayli boshlangan bo‘lsa-da, o‘sha paytdagi o‘zining g‘ururi sabab u Juhi bilan muloqotni butunlay to‘xtatgan. Hatto suratga olish jarayonida ham aktrisa uning yoniga kelsa, u boshqa joyga o‘tib ketar, faqat sahna talab qilgan paytdagina gaplashardi.

Ularning sovuq munosabatlari Amir Xonning birinchi turmush o‘rtog‘i Rina Dutta bilan ajrashganidan keyin o‘zgargan. Juhi Chavla vaziyatdan xabar topgach, unga shaxsan qo‘ng‘iroq qilib, uchrashishni taklif etgan. Aktyorning aytishicha, aynan shu samimiy qo‘ng‘iroq uni chuqur ta’sirlantirgan va eski adovatni ortda qoldirishga undagan.

Amir Xon bugun o‘sha voqeani eslar ekan, haqiqiy do‘stlik ba’zan uzoq davom etgan sukutdan ham kuchliroq bo‘lishini ta’kidlaydi. Uning fikricha, yillar davomida ular bir-biri bilan gaplashmagan bo‘lsa-da, o‘zaro hurmat va g‘amxo‘rlik hech qachon yo‘qolmagan.

Reaksinagiz qanday?

Tegishli Postlar

1 of 281

Javob qoldirish

Your email address will not be published. Required fields are marked *