“Zulmat ostonasidagi muhabbat” filmlari yulduzi Kristen Styuart Italiyaning d la Repubblica jurnali uchun tushgan yangi fotosessiyasidan so‘ng yana ijtimoiy tarmoqlar e’tibor markaziga aylandi. Bunga aktrisaning qo‘ltiq ostidagi tabiiy tuklarni yashirmagani sabab bo‘ldi.

Fotosuratlar e’lon qilinganidan ko‘p o‘tmay, ular ijtimoiy tarmoqlar va moda sahifalarida keng tarqaldi. Foydalanuvchilar odatdagidek ikki qarama-qarshi fikrga bo‘lindi.
Bir guruh muxlislar bu fotosessiyani ayol tanasining tabiiyligini qabul qilish va go‘zallik haqidagi stereotiplarga qarshi jasur bayonot sifatida baholadi. Ularning fikricha, Styuart tashqi ko‘rinish borasidagi qoliplarga bo‘ysunmasligini yana bir bor namoyish etgan.

Boshqa foydalanuvchilar esa suratlarni ataylab e’tibor qozonish uchun qilingan bahsli provokatsiya deb hisoblamoqda. Ular bunday obraz moda olamida muhokama uyg‘otishga qaratilgan marketing usuli ekanini ta’kidlashmoqda.
Kristen Styuart esa avval ham bir necha bor jamiyatdagi go‘zallik me’yorlari va gender stereotiplari haqida ochiq fikr bildirgan. Shu sababli uning yangi fotosessiyasi ham nafaqat moda, balki tabiiylik va o‘zini erkin ifoda etish mavzusidagi bahslarni yana kun tartibiga olib chiqdi.






