Madaniyat va dam olishUmumiyYangiliklar

Netflix Nikolas Keyj ishtirokidagi film nusxasi yo‘qolgani sabab 105 million dollarlik da’voga duch keldi

Netflix striming platformasiga hali namoyish etilmagan “Fortitude” filmi nusxasi yo‘qolgani ortidan 105 million AQSH dollari miqdorida da’vo arizasi kiritildi. Ikkinchi jahon urushi davridagi josuslik voqealariga bag‘ishlangan kartinada bosh rollardan birini Nikolas Keyj ijro etgan.

Da’voga ko‘ra, film prodyuseri Saymon Afram va uning jamoasi Netflix’ga filmning shifrlanmagan asosiy nusxasini platforma uni xarid qilish imkoniyatini ko‘rib chiqishi uchun topshirgan. Oradan bir necha kun o‘tib esa Netflix Los-Anjelesdagi ofisidan bir nechta qattiq disk o‘g‘irlangani, ular orasida “Fortitude” filmi yozilgan disk ham bo‘lgani ma’lum qilingan.

Prodyuserlarning ta’kidlashicha, filmning nazoratsiz qolishi uning tijoriy qiymatiga jiddiy zarar yetkazgan. Ularning fikricha, internetga sizib chiqish xavfi sabab distribyutorlar kartinani sotib olishdan bosh tortishi yoki uning narxini keskin pasaytirishi mumkin. Shu bois loyiha marketingi va xalqaro savdo muzokaralari vaqtincha to‘xtatilgan.

Netflix esa ayblovlarni rad etmoqda. Kompaniya vakillari film sanoatida qabul qilingan xavfsizlik standartlariga rioya qilinmaganini, shifrlanmagan nusxa uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olmayotganini bildirgan. Shu bilan birga, platforma voqea yuzasidan ichki tekshiruv o‘tkazayotgani hamda internetda filmning noqonuniy tarqalishini kuzatishga tayyor ekanini ma’lum qilgan.

Reaksinagiz qanday?

Tegishli Postlar

1 of 275

Javob qoldirish

Your email address will not be published. Required fields are marked *