Madaniyat va dam olishTanlanganlarTOPUmumiyYangiliklar

Ben Afflek “Kim millioner bo‘lishni istaydi?” shousida 1 million dollar yutib oldi

Gollivud aktyori Ben Afflek AQSHning mashhur “Kim millioner bo‘lishni istaydi?” teleo‘yinida bosh sovrin — 1 million AQSH dollarini qo‘lga kiritdi. U final bosqichida “Jeopardy!” bilimlar shousi chempioni Jeymi Ding bilan bir jamoada ishtirok etdi.

Hal qiluvchi savol AQSH prezidentlari tomonidan afv etilgan Shukronalik kuni kurkalarining nomlari haqida bo‘ldi. Ben Afflek va Jeymi Ding barcha yordam imkoniyatlaridan foydalanganidan so‘ng to‘g‘ri javobni tanlab, bosh mukofotni qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘ldi.

Aktyor yutib olingan 1 million dollarni o‘zi asos solgan Eastern Congo Initiative xayriya jamg‘armasiga yo‘naltirishini ma’lum qildi. Mazkur tashkilot Kongo Demokratik Respublikasidagi ta’lim, sog‘liqni saqlash va mahalliy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash loyihalari bilan shug‘ullanadi.

Reaksinagiz qanday?

Tegishli Postlar

1 of 286

Javob qoldirish

Your email address will not be published. Required fields are marked *