Ko‘ngilocharMadaniyat va dam olishUmumiyYangiliklar

Lili Kollinz “Emili Parijda”dagi Emili Kuper bilan xayrlashdi

Lili Kollinz uchun “Emili Parijda” serialidagi Emili Kuper obrazini gavdalantirish davri nihoyasiga yetdi. Serialning 6-mavsumi suratga olish ishlari yakunlandi. Final mavsum 24-dekabr kuni Netflix platformasida namoyish etiladi.

Aktrisa ijtimoiy tarmoqlarda Parijdagi Estrapad maydonidan surat ulashib, unda “Fin” (“Tamom”) yozuvi tushirilgan kresloda o‘tirganini ko‘rsatdi. Qizig‘i, serial voqealari ham aynan shu maydondan boshlangan.

Lili Kollinz Emili obrazini hayotining muhim qismi deb atadi. Aktrisaning so‘zlariga ko‘ra, loyiha unga yillar davomida ilhom va yangi sinovlar bergan.

“Xayrlashish juda og‘ir. Ammo bu obrazni gavdalantirish va shunday quvonchli loyihaning bir qismi bo‘lish imkoniga ega bo‘lganimdan faxrlanaman va minnatdorman”, — dedi Kollinz.

Yakuniy mavsumda Emili Marsello bilan munosabatlari tugaganidan so‘ng Parijga qaytadi. U ishiga e’tibor qaratishga harakat qilayotgan bir paytda Gabriel uning ishonchini qayta qozonishga urinadi.

“Emili Parijda” ilk bor 2020-yilda namoyish etilgan. Serial amerikalik Emili Kuperning Parijga ko‘chib kelishi, marketing sohasidagi faoliyati va shaxsiy hayoti haqida hikoya qiladi.

Reaksinagiz qanday?

Tegishli Postlar

1 of 313

Javob qoldirish

Your email address will not be published. Required fields are marked *