Turkiyalik aktyor Kerem Byursinning shaxsiy hayoti yana muxlislar etiboriga tushdi. Aktyorning “Charpinti” serialidagi hamkasbi Lizge Jomert bilan yaqin munosabatda ekani haqida turk matbuotida turli iddaolar paydo boldi.
Mish-mishlarga kora, Byursin va Jomert aktyorning yaqinda otkazgan jarrohlik amaliyotidan keyingi davrda yaqinlashgan. “Soylemezsem Olmaz” dasturida jurnalist Birjan Bali Jomert aktyorning shifoxonada bolgan vaqtida uning yonida qolganini va ular ortasidagi munosabat aynan shu davrda boshlanganini da’vo qilgan. Bu malumotlar hozircha faqat dasturda bildirilgan iddaolarga asoslangan.

Byursin va Jomert 2025-yilda namoyish etilgan “Charpinti” serialida bosh rollarni ijro etgan. Byursin Aras Alkan, Jomert esa Asli Gyunesh obrazini gavdalantirgan. Ularning ekrandagi hamkorligi ham avval muxlislar etiborini tortgan.
Mish-mishlar Kerem Byursinning Selin Yagjioglu bilan munosabatlari yakunlangani haqidagi xabarlar ortidan kuchaydi. Ular aprel oyida ajrashgani, sentabr oyida esa ijtimoiy tarmoqlarda bir-birini kuzatishni toxtatgani xabar qilingan.
Turk matbuotida Byursin va Jomert ortasidagi 15 yosh farqi ham alohida muhokama qilinmoqda. Ayrim nashrlar aktyorlar munosabatni ommadan yashirayotgani haqida yozgan, biroq bu malumotlar ham rasman tasdiqlanmagan.
Hozircha Kerem Byursin ham, Lizge Jomert ham ular ortasida romantik munosabat borligini tasdiqlagan yoki inkor qilgan emas. Shu sabab bu xabar hozircha mish-mish darajasida qolmoqda.



















