Madaniyat va dam olishUmumiy

“Juda qo‘rqib ketdim”: Maryam Tillayeva ko‘chada boshidan kechirgan voqeani aytib berdi

Maryam Tillayeva yaqinda restoranga ketayotganida boshidan kechirgan qo‘rqinchli voqeani so‘zlab berdi. Uning aytishicha, ko‘chada notanish erkak avval u bilan tanishmoqchi bo‘lgan, keyin esa rad javobiga qaramay, uni kuzatishda davom etgan.

Blogerning aytishicha, u o‘sha kuni baland poshnali tuflida va tansoqchisiz ketayotgan bo‘lgan. Shu payt bir erkak mashinasidan tushib, u bilan tanishmoqchi ekanini aytgan. Maryam esa bunga qiziqmasligini bildirgan.

Biroq erkak uning javobini qabul qilmagan. U mashinasini orqaga haydab, Maryam ketayotgan tomonga harakatlangan. Keyin mashinasidan tushib, yana uning oldiga kelgan va qo‘lidan ushlab olgan.

Maryam baqirib, uni qo‘yib yuborishini talab qilgan. Voqeadan so‘ng u restoranga yetib borgan, ammo ancha vaqtgacha o‘ziga kela olmaganini aytgan.

“Juda qo‘rqib ketdim. Meni mashinasiga sudrab tiqib, qayergadir olib ketishi ham mumkin edi”, deya eslagan u.

Tillayeva bunday vaziyatda keyingi safar darhol politsiyaga murojaat qilishini aytgan. Uning fikricha, ayollarning shaxsiy chegaralarini hurmat qilish va bunday holatlar haqida ochiq gapirish muhim.

Maryam bundan avval AQShda ham shunga o‘xshash noxush vaziyatga duch kelganini aytib bergan. U taxminan 18 yoshida taksida ketayotganida haydovchi uni tinchlantirish maqsadida qo‘lini tizzasiga qo‘ygan. Maryam haydovchidan buni to‘xtatishni talab qilgan va keyinchalik u ustidan shikoyat qilgan. Uning aytishicha, taksi xizmati vaziyatga jiddiy munosabat bildirgan va haydovchi ishdan bo‘shatilgan.

Tillayeva bu voqealar ayollar o‘z shaxsiy chegaralari haqida ochiq gapirishlari va noqulay vaziyatlarda yordam so‘rashdan qo‘rqmasliklari kerakligini yana bir bor ko‘rsatganini ta’kidlagan.

Reaksinagiz qanday?

Tegishli Postlar

1 of 302

Javob qoldirish

Your email address will not be published. Required fields are marked *