HangomaKo‘ngilochar

Buni o‘qib, darrov bitta do‘stingiz esingizga tushadi!

Hayotda hammaning yonida “o‘ziga xos” do‘stlari bo‘ladi. Ammo e’tibor berganmisiz – ba’zi do‘stlarimiz o‘zining noyob xarakteri bilan har doim ajralib turadi. Quyidagi ro‘yxatni o‘qiganingizni albatta ularni birma-bir eslashingiz aniq. Balki… ulardan biri o‘zingiz bo‘lsangiz-chi? ?

1. ? “Hozir boraman” – LEKIN u hech qachon kelmaydi

U har safar uchrashuv oldidan “Men yo‘ldaman” deydi lekin o‘sha “yo‘l” 2 soat davom etadi. Boshida ishonardik, hozir esa “ok, uyda ekan” deb qo‘ya qolamiz. U uchun “5 daqiqa” – bu vaqt birligi emas, afsona. ?

Mashhur iborasi:

“Men tayyorman, faqat kalitimni topolmayapman.”

2. ? “Hisobni bo‘lib to‘laylik” – LEKIN o‘zi hech narsa to‘lamaydi

Kafe, choyxona, restoran qayerda bo‘lishimizdan qat’iy nazar, u doimo “bo‘lib to‘laylik” deydi… keyin o‘zi “keyin o‘tkazaman” degan gap bilan qochib qoladi.

Oradan 3 yil o‘tgan bo‘lsa ham, haliyam o‘sha “keyin” kelmaydi.

3. ?‍? “Hamma narsani unutadigan” do‘st

Sana? Unutadi. Imtihon vaqti? Unutadi. Tug‘ilgan kuningiz? “Qanday qilib unutdim-a? Kecha esimda edi.”
U telefonini topolmaydi, parolini eslolmaydi va har safar “O‘rtooo eslatsang bo‘lardi-ku” deb aybni sizga yuklaydi.

4. ? “Kontent master” – hamma narsani “istoriya”ga qo‘yadi

U bilan qayerga borsangiz ham, birinchi qiladigan ishi – rakurs tanlash.
U bilan ovqat yeyishga borsangiz, taom sovib qoladi lekin u suratga olib bo‘lmagunicha hech kim ovqatga tegishi mumkin emas. Har safar siz tabassum qilganda “yana bir marta, bu safar filtrsiz” deydi.

Yonida yurish = kontentda ko‘rinish.

5. ? “Har doim muammo ichida” yashaydigan drama qahramoni

U hamisha ichki ruhiy serialda. Har kuni kimnidir bloklagan, kimdir uni xafa qilgan, kimdir unga javob yozmagan.

U bilan gaplashish rostdan ham drama ko‘rish bilan teng.

Reaksinagiz qanday?

Tegishli Postlar

1 of 35

Javob qoldirish

Your email address will not be published. Required fields are marked *