Kanadalik superyulduz Jastin Biber 2026-yilgi Grammy Awards marosimiga to‘rt yillik tanaffusdan so‘ng yana qaytdi. Bu yil uning sahnaga chiqishi va bir qator nominatsiyalarda ishtirok etishi musiqasevarlar uchun kutilmagan voqea bo‘ldi.
1-fevral kuni Los-Anjelesdagi Crypto.com Arena’da bo‘lib o‘tadigan 68-marotaba Grammy marosimida Biber sahnada jonli chiqish qildi— bu uning so’ngi 4 yil ichida asosiy taqdimoti bo‘ldi. U oxirgi marta 2022-yilda Grammy sahnasida bo‘lib, “Peaches” qo‘shig‘ini ijro etgan edi.

















