Madaniyat va dam olishUmumiyYangiliklar

Avatar 4 va Avatar 5 filmlari ustidagi ishlar rasman boshlangan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, mashhur rejissyor Jeyms Kemeron tomonidan yaratilayotgan “Avatar” franshizasining keyingi qismlari hozirda faol ishlab chiqish bosqichiga o‘tgan. Produserlar jamoasi loyiha ustida “to‘liq tezlikda” ishlayotganini ta’kidlab, ayni paytda byudjet, suratga olish jadvali va texnik jarayonlar ustida ish olib borilayotganini ma’lum qildi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu filmlar bir-biriga bog‘liq holda suratga olinishi rejalashtirilgan bo‘lib, ularda yana-da kengroq vizual effektlar va yangi texnologiyalar qo‘llaniladi. Mutaxassislar bu qismlar ham oldingi filmlar kabi katta muvaffaqiyat qozonishini taxmin qilmoqda.

Hozircha reliz sanalari taxminiy bo‘lib, Avatar 4 2029-yilda, Avatar 5 esa 2031-yilda tomoshabinlarga taqdim etilishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, “Avatar” franshizasi kino tarixidagi eng daromadli loyihalardan biri bo‘lib, uning har bir yangi qismi muxlislar tomonidan katta qiziqish bilan kutib olinmoqda.

Reaksinagiz qanday?

Tegishli Postlar

1 of 218

Javob qoldirish

Your email address will not be published. Required fields are marked *