Madaniyat va dam olishUmumiyYangiliklar

Disney 1000 ga yaqin ish o‘rnini qisqartirmoqchi

The Walt Disney Company yaqin haftalarda mingga yaqin ish o‘rnini qisqartirishni rejalashtirmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, qisqartirishlar asosan kompaniyaning marketing bo‘limiga ta’sir qiladi. Bu qaror kompaniyada xarajatlarni kamaytirish va tuzilmani soddalashtirish doirasida qabul qilingan.

Qayd etilishicha, ushbu qisqartirishlar Disney’ning umumiy xodimlari sonining 1 foizidan ham kam qismini tashkil etadi. Kompaniyada 2025-yil yakuniga ko‘ra 230 mingdan ortiq xodim faoliyat yuritgan.

Ekspertlar fikricha, bu qaror kompaniyaning yangi rahbari Josh D’Amaro boshqaruvi ostida olib borilayotgan kengroq islohotlar bilan bog‘liq. Disney so‘nggi yillarda striming xizmatlaridan tushayotgan daromadning pasayishi, kinoprokatdagi tushumlarning kamayishi va texnologik kompaniyalar bilan kuchli raqobat sabab biznes modelini qayta ko‘rib chiqmoqda.

Shu tariqa, kompaniya resurslarni raqamli yo‘nalishlarga yo‘naltirish va samaradorlikni oshirishga intilmoqda.

Reaksinagiz qanday?

Tegishli Postlar

1 of 200

Javob qoldirish

Your email address will not be published. Required fields are marked *