BarchasiG‘aroyibKonsolPCUmumiyYangiliklar

Xitoyda enaga, kuryer va uy bekasi vazifasini bajaruvchi robot taqdim etildi

Xitoylik muhandislar yangi avlod gumanoid robotni jamoatchilikka namoyish etdi. Ushbu qurilma bir vaqtning o‘zida enaga, kuryer va uy xizmatchisi vazifalarini bajarishga mo‘ljallangani bilan e’tibor qozonmoqda.

Ma’lum qilinishicha, KAY nomli robot zamonaviy sun’iy intellekt asosida ishlab chiqilgan bo‘lib, u kundalik uy yumushlarining katta qismini mustaqil bajara oladi. Xususan, robot ovqat tayyorlash, kiyimlarni taxlash, buyurtmalarni yetkazish va hatto bolalarga qarashda yordam berishi mumkin.

Texnik jihatdan robotning bo‘yi taxminan 173 sm, vazni esa 70 kilogrammni tashkil etadi. Ishlab chiquvchilar ta’kidlashicha, u atrof-muhitni tahlil qilish, mustaqil qaror qabul qilish va odamlar bilan muloqot qilish qobiliyatiga ega.

Yangi ishlanma inson mehnatini yengillashtirish va kundalik hayotni avtomatlashtirish yo‘lida muhim qadam sifatida baholanmoqda. Mutaxassislar fikricha, bunday universal robotlar kelajakda uy xo‘jaligi va xizmat ko‘rsatish sohasida keng qo‘llanilishi mumkin.

Reaksinagiz qanday?

Tegishli Postlar

1 of 187

Javob qoldirish

Your email address will not be published. Required fields are marked *