JozibadorTOPUmumiyYangiliklar

Rhode brendi TIME’ning eng nufuzli 100 taligiga kirdi

Rhode brendi Hailey Bieber tomonidan yaratilgan bo‘lib, TIME nashri tuzgan eng nufuzli 100 ta brend ro‘yxatiga kiritildi. Bu — ko‘plab mashhurlar ochayotgan oddiy “celebrity-brendlar” fonida kam uchraydigan holat.

Qisqa vaqt ichida Rhode bozorda o‘z o‘rnini mustahkamlab, shunchaki mashhurlik hisobiga emas, balki sifat, minimalistik yondashuv va kuchli marketing strategiyasi orqali haqiqiy “jiddiy o‘yinchi”ga aylandi.

Mutaxassislar ta’kidlashicha, brendning muvaffaqiyati iste’molchilar ishonchini qozona olgani, mahsulotlarining amaliy qiymati va trendlarni to‘g‘ri ushlay olganida. Bugungi kunda Rhode nafaqat ijtimoiy tarmoqlarda mashhur, balki global go‘zallik industriyasida muhim o‘rin egallayotgan brendlardan biri sifatida e’tirof etilmoqda.

Reaksinagiz qanday?

Tegishli Postlar

1 of 193

Javob qoldirish

Your email address will not be published. Required fields are marked *