Madaniyat va dam olishUmumiy

“G‘iybat va mish-mishlar meni depressiyaga tushirdi” — Aydan Shener oilasidagi muammolar haqida ochiq gapirdi

Mashhur turk aktrisasi, “Choliqushi” seriali orqali keng ommaga tanilgan Aydan Shener shaxsiy hayotidagi og‘ir davrlar haqida ilk bor ochiqchasiga gapirdi.

Aktrisaning so‘zlariga ko‘ra, u bir paytlar atrofdagi g‘iybatlar va asossiz mish-mishlar tufayli ruhiy tushkunlikka tushib qolgan. Ayniqsa, shaxsiy hayoti bilan bog‘liq turli gap-so‘zlar uning ruhiy holatiga jiddiy ta’sir ko‘rsatgan.

Shenerning ta’kidlashicha, oilasidagi darz ketishiga ham aynan shu bosimlar sabab bo‘lgan. Ommaviy axborot vositalari va atrofdagilar tomonidan tarqatilgan noto‘g‘ri ma’lumotlar oila ichidagi munosabatlarga salbiy ta’sir qilgan.

“Ba’zan inson o‘zi haqida eshitayotgan gaplarga chidab turolmaydi. Bu meni ham sindirdi”, — deya eslaydi aktrisa.

Uning aytishicha, o‘sha davrda ruhiy jihatdan o‘zini tiklash oson bo‘lmagan, biroq vaqt o‘tishi bilan u bu sinovlardan chiqib, hayotini qayta yo‘lga qo‘yishga muvaffaq bo‘lgan.

Bugungi kunda Aydan Shener o‘tmishdagi voqealarni ortda qoldirganini va bunday holatlardan kuchliroq bo‘lib chiqqanini ta’kidlaydi.

Reaksinagiz qanday?

Tegishli Postlar

1 of 198

Javob qoldirish

Your email address will not be published. Required fields are marked *