UmumiyYangiliklar

AQSHdagi yahudiylar Yulduz Usmonovaning Bruklindagi konsertini bekor qilishni talab qilmoqda

O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonovaning AQSHda o‘tkazilishi rejalashtirilgan konserti atrofida bahslar kuchaymoqda.

Ma’lum qilinishicha, xonandaning 2026-yil 9-may kuni Nyu-Yorkning Bruklin hududida bo‘lib o‘tishi kutilayotgan konsertiga AQSHdagi ayrim yahudiy jamoalari qarshi chiqmoqda. Ular tadbirni bekor qilishni talab qilgan.

E’tirozlarga sabab sifatida san’atkorning avvalgi bayonotlari keltirilayotgani aytilmoqda. Shu bois ayrim faollar konsert tashkilotchilariga murojaat qilib, tadbirni o‘tkazmaslikka chaqirgan.

Hozircha konsertning o‘tkazilishi yoki bekor qilinishi yuzasidan rasmiy yakuniy qaror e’lon qilinmagan.

Mazkur vaziyat ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo‘lib, foydalanuvchilar fikri ikki qarama-qarshi lagerga bo‘lingan.

Reaksinagiz qanday?

Tegishli Postlar

1 of 190

Javob qoldirish

Your email address will not be published. Required fields are marked *