Madaniyat va dam olishUmumiyYangiliklar

Billi Ayilish musiqachi Net Vulf bilan munosabatlarini rasman tasdiqladi

Dunyo yulduzi Billie Eilish nihoyat shaxsiy hayoti haqidagi mish-mishlarga nuqta qo‘ydi. Xonanda musiqachi va aktyor Nat Wolff bilan munosabatda ekanini rasman tasdiqladi.

Juftlik Hit Me Hard and Soft: The Tour premyerasida birga ko‘rinish berdi. Tadbir davomida ular kameralar qarshisida birgalikda paydo bo‘lib, muxlislar e’tiborini tortdi.

So‘nggi oylarda internetda Billi va Net haqida turli mish-mishlar tarqalayotgandi. Ularning birga ko‘rinish berishi esa bu gaplarni rasman tasdiqlagandek bo‘ldi.

Muxlislar ijtimoiy tarmoqlarda:

  • “Ular juda mos juftlik”
  • “Nihoyat tasdiqlandi”
  • “Billi juda baxtli ko‘rinmoqda”

deya izoh qoldirmoqda.

Hozircha Billie Eilish munosabatlari haqida batafsil izoh bermagan, ammo premyeradagi chiqish allaqachon internetdagi eng ko‘p muhokama qilinayotgan mavzulardan biriga aylangan.

Reaksinagiz qanday?

Tegishli Postlar

1 of 206

Javob qoldirish

Your email address will not be published. Required fields are marked *