KonsolPCUmumiyYangiliklar

Dua Lipa Samsung’ni sudga berdi

Britaniyalik mashhur xonanda Dua Lipa texnologiya giganti Samsung’ga qarshi 15 million dollarlik sud da’vosi kiritdi.Xonandaning ta’kidlashicha, kompaniya uning suratidan ruxsatsiz ravishda televizor qutilarida foydalangan. Sud hujjatlariga ko‘ra, Samsung televizor qadoqlarida Dua Lipa tasvirlangan suratni ishlatgan va bu holat go‘yoki xonanda mahsulotni reklama qilayotgandek taassurot uyg‘otgan. Aytilishicha, surat 2024-yilda Austin City Limits festivalida olingan va unga bo‘lgan huquqlar to‘liq Dua Lipa’ga tegishli.

“Muxlislar aynan surat sabab TV sotib olgan”

Da’voda ijtimoiy tarmoqlardagi postlar ham dalil sifatida keltirilgan. Ayrim foydalanuvchilar:
“Dua Lipa tushirilgani uchun shu televizorni oldim”degan izohlar qoldirgani aytilmoqda.

Samsung hozircha sud jarayoni davom etayotgani sabab rasmiy izoh bermagan. Ammo kompaniya ichki tekshiruv o‘tkazishi mumkinligi aytilmoqda.
Xonanda avval ham o‘z imiji va mualliflik huquqlarini qat’iy himoya qilishi bilan tanilgan. U:

  • Puma
  • Porsche
  • Versace
  • YSL Beauty

kabi yirik brendlar bilan hamkorlik qilgan.

Reaksinagiz qanday?

Tegishli Postlar

1 of 193

Javob qoldirish

Your email address will not be published. Required fields are marked *