Madaniyat va dam olishUmumiy

Gitlerga qiyoslash, plastik operatsiyalar va noodatiy uzuk: Megan Foksning mojarolarga boy hayoti

Megan Fox uzoq yillardan beri nafaqat filmlari, balki shov-shuvli bayonotlari va shaxsiy hayoti bilan ham jamoatchilik e’tiborida qolmoqda. Gollivudning eng jozibali aktrisalaridan biri sifatida tanilgan yulduz faoliyati davomida bir necha bor katta mojarolar markazida bo‘lgan.

Gitler bilan bog‘liq gap katta muammoga aylangan

Megan Foks faoliyatidagi eng mashhur mojarolardan biri “Transformers” filmi rejissyori Michael Bay bilan bog‘liq bo‘lgan. Aktrisa intervyularidan birida rejissyorni “setdagi Gitlerga o‘xshaydi” deb ta’riflagan. Aynan shu bayonotdan keyin uning “Transformers” franshizasidagi faoliyati yakunlangan.

Keyinchalik Megan bu voqeani faoliyatidagi eng og‘ir davrlardan biri deb eslagan.

Plastik operatsiyalar doim muhokamada

Aktrisa yillar davomida tashqi ko‘rinishi sabab ham muntazam muhokamalarga sabab bo‘lib kelmoqda. Ijtimoiy tarmoqlarda foydalanuvchilar uning yuzidagi o‘zgarishlar, lab va ko‘krak operatsiyalari haqida tez-tez fikr bildirishadi.

Megan Foks esa ayrim plastik amaliyotlarni yashirmagan. U intervyularidan birida rinoplastika, botoks va ko‘krak operatsiyalarini boshdan o‘tkazganini ochiq aytgan.

So‘nggi paytlarda esa uning yangi suratlari internetda yana katta bahs uyg‘otdi. Ayrim muxlislar aktrisa “butunlay o‘zgarganini” yozgan bo‘lsa, boshqalar uni hanuzgacha Gollivudning eng chiroyli ayollaridan biri deb hisoblaydi.

Qon bilan bog‘liq noodatiy uzuk

Megan Foksning shaxsiy hayoti ham doim diqqat markazida bo‘lgan. Ayniqsa uning musiqachi Machine Gun Kelly bilan munosabatlari internetda katta rezonans uyg‘otgan.

Juftlik unashtirilganidan keyin MGK Megan uchun noodatiy uzuk tayyorlatgani ma’lum bo‘lgan. OAV xabarlariga ko‘ra, uzuk shunday yaratilganki, uni yechishga urinish og‘riq keltirishi mumkin. Bundan tashqari, ular bir-birining qonini maxsus marosim sifatida ichgani haqidagi gaplar ham uzoq vaqt muhokama qilingan.

Reaksinagiz qanday?

Tegishli Postlar

1 of 218

Javob qoldirish

Your email address will not be published. Required fields are marked *