Madaniyat va dam olish

Filip Kirkorov obro‘sini himoya qilish uchun sudga murojaat qildi

Filip Kirkorov kommunal to‘lovlar bo‘yicha qarzdorlik haqidagi xabarlar sabab bir nechta OAV ustidan sudga murojaat qildi.

San’atkorning aytishicha, tarqatilgan ma’lumotlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi va uning obro‘siga putur yetkazmoqda. Kirkorov maqolalarni o‘chirib tashlashni, raddiya e’lon qilishni hamda ma’naviy zarar uchun kompensatsiya to‘lashni talab qilmoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, da’volar ikki nashrga nisbatan yuborilgan. Xonanda ularning har biridan 521 ming rubl undirishni so‘ramoqda.

Avvalroq ayrim OAVlarda Kirkorovning kommunal xizmatlar uchun katta qarzi borligi haqida xabarlar tarqalgan edi. San’atkor esa bu ma’lumotlarni feyk deb atadi.

Reaksinagiz qanday?

Tegishli Postlar

1 of 158

Javob qoldirish

Your email address will not be published. Required fields are marked *