Turkiyalik mashhur aktyor, “Muhtasham yuz yil” serialidagi Rustam Posho obrazi bilan tanilgan Ozan Guven Istanbulning Kadiko‘y tumanidagi restoranlardan birida norozilikka uchradi.
Mahalliy OAV ma’lumotlariga ko‘ra, aktyor do‘stlari bilan dam olayotgan paytda muassasadagi ayrim ayollar unga qarshi “Jinoyatchilar tashqariga!” degan mazmundagi shiorlarni aytgan. Shundan so‘ng Guven restoran hududini tark etishga majbur bo‘lgan. Hodisa aks etgan videolar ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqaldi.
Mazkur voqea aktyorning sobiq sevgilisi Deniz Bulutsuzga nisbatan zo‘ravonlik ishi bo‘yicha sudlanganidan keyin yuz berdi. Turkiya sudi Ozan Guvenni qasddan tan jarohati yetkazishda aybdor deb topgan va unga nisbatan hukm chiqargan.
Hodisadan so‘ng aktyor vaziyatga munosabat bildirib, o‘ziga nisbatan bo‘lgan munosabatni “chegaradan oshib ketgan harakat” deb baholagani aytilmoqda.



















