Dunyoning eng mashhur juftliklaridan biri — Taylor Svift va Travis Kelcening bo‘lajak to‘yi atrofidagi mish-mishlar yana avj oldi. OAV xabarlariga ko‘ra, juftlik nikoh marosimini Nyu-Yorkdagi mashhur Madison Square Garden arenasida o‘tkazishni rejalashtirmoqda.
Nega aynan Madison Square Garden?
Manbalarga ko‘ra, juftlik uchun xavfsizlik va maxfiylik eng muhim masalalardan biri hisoblanadi. Madison Square Garden ko‘plab kirish-chiqish yo‘laklari, yuqori darajadagi xavfsizlik tizimi va minglab mehmonlarni qabul qila oladigan infratuzilmaga ega.
Xabarlarda aytilishicha, arena 29-iyundan 6-iyulgacha yirik tadbirlardan bo‘sh bo‘lib, bu esa to‘y aynan shu davrda bo‘lishi mumkinligi haqidagi taxminlarni kuchaytirgan.
1000 dan ortiq mehmon kutilmoqda
OAV ma’lumotlariga ko‘ra, marosimga 1000 nafardan ortiq mehmon taklif qilinishi mumkin. Mehmonlar orasida ko‘plab mashhur san’atkorlar va sport yulduzlari bo‘lishi taxmin qilinmoqda.
Shuningdek, mehmonlarni maxsus avtobuslarda olib kelish, arenaning yopiq yo‘laklari orqali kiritish va tadbirni ommaviy axborot vositalaridan imkon qadar yashirin tarzda o‘tkazish rejalashtirilayotgani aytilmoqda.
Hali rasmiy tasdiq yo‘q
Biroq hozircha Teylor Svift ham, Trevis Kelsi ham to‘y sanasi yoki manzili haqida rasmiy bayonot bermagan. Shu sababli Madison Square Garden haqidagi ma’lumotlar hozircha mish-mish va norasmiy manbalarga asoslanmoqda.
Yilning eng shov-shuvli to‘yi bo‘lishi mumkin
Agar ushbu ma’lumotlar tasdiqlansa, Svift va Kelsining nikoh marosimi 2026-yilning eng ko‘p muhokama qilinadigan shou-biznes voqealaridan biriga aylanishi mumkin. Nyu-Yorkdagi afsonaviy arena esa ilk bor bunday miqyosdagi mashhur to‘yga mezbonlik qiladi.



















