Madaniyat va dam olishUmumiyYangiliklar

“Qizil sharbat” seriali yulduzi Ece Irtem vafot etdi

Turkiyaning mashhur “Qizil sharbat” serialida Işıl obrazini gavdalantirgan aktrisa Ece Irtem 35 yoshida hayotdan ko‘z yumdi.

Mahalliy OAV ma’lumotlariga ko‘ra, aktrisaning kutilmagan vafoti turk kino olamida va muxlislari orasida katta qayg‘u uyg‘otgan. Ece Irtem 1991-yil 14-iyunda Turkiyaning Sivas shahrida tug‘ilgan. U aktyorlik faoliyati davomida bir qator serial va televizion loyihalarda ishtirok etgan bo‘lsa-da, aynan “Qizil sharbat” serialidagi Işıl obrazi orqali keng ommaga tanildi.

Serialga keyinchalik qo‘shilgan Ishıl qahramoni syujetning eng muhim va bahsli personajlaridan biriga aylangan edi. Aktrisaning tabiiy ijrosi va obrazga mosligi tomoshabinlar tomonidan yuqori baholangan.

Ece Irtemning vafoti haqidagi xabar tarqalganidan so‘ng ijtimoiy tarmoqlarda minglab muxlislar va hamkasblari unga bag‘ishlangan ta’sirli xotiralarini ulashdi. Aktrisa turk seriallari ixlosmandlari xotirasida yorqin rollari bilan saqlanib qoladi.

Reaksinagiz qanday?

Tegishli Postlar

1 of 253

Javob qoldirish

Your email address will not be published. Required fields are marked *