Jahon futboli yulduzi Lionel Messi va britaniyalik aktyor Tom Holland yangi “O‘rgimchak odam” filmi reklama kampaniyasi doirasida birgalikda suratga tushdi. Kutilmagan hamkorlik muxlislarda katta qiziqish uyg‘otdi.
Qisqa reklama roligida Tom Holland afsonaviy superqahramon obraziga ishoralar qilsa, Messi o‘zining futbol mahoratini namoyish etadi. Video qisqa vaqt ichida ijtimoiy tarmoqlarda millionlab tomosha yig‘ib, keng muhokamalarga sabab bo‘ldi.
Reklama Marvel Studios va hamkor brendlarning yangi marketing kampaniyasi doirasida tayyorlangan. Tomoshabinlar esa Messi va Hollandning samimiy muloqoti hamda hazil-mutoyibalarga boy lavhalarini yuqori baholamoqda.
Mazkur loyiha futbol va kino olamining ikki mashhur yulduzini ilk bor bitta reklama roligida birlashtirgani bilan ham e’tiborga loyiq.



















