Turkiyaning mashhur aktrisasi, “Qo‘rg‘on sirlari” serialidagi Pelin obrazi orqali keng tanilgan Buche Buse Kahraman turmushga chiqishga hozirlik ko‘rmoqda. Aktrisa sevgilisi bilan unashtirilganini ijtimoiy tarmoqlardagi romantik suratlar orqali tasdiqladi.

Ma’lum qilinishicha, turmush qurish taklifi yaqin do‘stlari ishtirokidagi samimiy marosimda bo‘lib o‘tgan. Buche Buse Kahraman uzukni namoyish etgan suratlarini e’lon qilgach, muxlislar va hamkasblar uni tabriklay boshladi.

Aktrisa hozircha bo‘lajak turmush o‘rtog‘i yoki to‘y sanasi haqida batafsil ma’lumot bermagan. Shunga qaramay, uning unashtirilgani turk shou-biznesidagi eng ko‘p muhokama qilinayotgan mavzulardan biriga aylandi.
Buche Buse Kahraman so‘nggi yillarda turk seriallaridagi muvaffaqiyatli rollari bilan mashhurlikka erishdi. Ayniqsa, “Qo‘rg‘on sirlari” serialidagi Pelin obrazi unga xalqaro miqyosda ham katta shuhrat keltirdi.



















