Polshaning Tarnuv shahrida yashovchi erkak haydovchilik guvohnomasi uchun nazariy imtihonni 139-urinishda, to‘qqiz yillik sa’y-harakatlardan so‘ng muvaffaqiyatli topshirdi. U imtihonni ilk bor 2017-yilda topshirishni boshlagan va shu vaqt ichida imtihon to‘lovlari uchun qariyb 1 800 yevro sarflagan.
Imtihon markazi mutaxassislari erkak uzoq vaqt davomida faqat sinov (demo) versiyadagi tayyorlov dasturi orqali shug‘ullanganini aniqlagan. To‘liq o‘quv bazasidan foydalana boshlagach, uning natijalari asta-sekin yaxshilanib, nihoyat imtihondan o‘tishga muvaffaq bo‘lgan.
Endi u haydovchilik guvohnomasini qo‘lga kiritish uchun amaliy imtihonni topshirishi kerak. Agar undan yiqilsa, Polsha qoidalariga ko‘ra, nazariy imtihonni yana qayta topshirishga to‘g‘ri keladi.
Qiziq tomoni, bu mamlakat rekordi ham emas. Polsha OAVlari avvalroq yana bir fuqaro nazariy imtihondan 163 urinish va 17 yil ichida o‘tganini xabar qilgan edi.






