Ko‘ngilocharMadaniyat va dam olishTanlanganlarUmumiyVideo

“Odisseya” Kristofer Nolanning eng yuqori daromad keltirgan filmiga aylandi

Kristofer Nolanning Homerning mashhur “Odisseya” dostoni asosida suratga olgan yangi filmi jahon prokatida rejissyorning avvalgi rekordini yangiladi. Kartina to‘rtinchi prokat haftasi yakuniga kelib, dunyo bo‘ylab 1,1 milliard dollardan ortiq daromad to‘pladi.

Shu tariqa “Odisseya” Nolanning faoliyatidagi eng kassabop filmga aylandi. U 2012-yilda chiqqan “Qora ritsar: Afsonaning qaytishi” (The Dark Knight Rises) filmining 1,085 milliard dollarlik natijasidan oshib ketdi. “Odisseya”ning hozirgi umumiy daromadining taxminan 461,1 million dollari Shimoliy Amerika, 643,6 million dollari esa xalqaro bozorlardan kelgan.

Filmning muvaffaqiyatida IMAX formatining ham hissasi katta. “Odisseya” IMAX prokatida ham rekord o‘rnatib, jahon bo‘ylab ushbu formatda 289 million dollarga yaqin daromad keltirdi. Bu ko‘rsatkich bilan u 2009-yilda o‘rnatilgan “Avatar” rekordini ham yangiladi.

Filmda bosh rolni Mett Deymon ijro etgan. U Odissey obrazida Troya urushidan so‘ng uyiga qaytishga urinayotgan qahramonni gavdalantiradi. Kartinada, shuningdek, Tom Holland, Enn Xeteuey, Zendaya, Robert Pattinson, Lupita Nyongo va boshqa mashhur aktyorlar ishtirok etgan.

“Odisseya” Nolanning eng katta byudjetli loyihalaridan biri bo‘lib, rejissyor filmni imkon qadar katta ekranda tomosha qilish uchun mo‘ljallangan. Kartina to‘liq IMAX 70 mm kameralarida suratga olingan ilk yirik filmlardan biri sifatida ham e’tibor qozondi.

Qizig‘i, film hali barcha yirik bozorlarda namoyish etib bo‘lingani yo‘q. Shu sabab uning yakuniy kassabop natijasi hozirgi ko‘rsatkichdan yanada yuqori bo‘lishi kutilmoqda.

Reaksinagiz qanday?

Tegishli Postlar

1 of 288

Javob qoldirish

Your email address will not be published. Required fields are marked *