FaunaG‘aroyibUmumiyYangiliklar

Alyaskada kit qayiqni cho‘ktirib yubordi

Alyaskadagi Glacier Bay milliy bog‘ida uch kishilik oilaning sayohati kutilmaganda xavfli sarguzashtga aylandi. 29-iyul kuni tunda ular langarda turgan 25 futlik yelkanli qayiqda uxlayotgan paytda ulkan bukri kit kemaga urilib, uni cho‘ktirdi.

Oila vakili Taniya Lyuisning aytishicha, voqea taxminan soat 23:30 da sodir bo‘lgan. Ularning 23 yoshli farzandi hali uxlamagan va to‘satdan kuchli zarbani eshitgan. Ota-onasi uyg‘onganida esa qayiq ichiga suv juda tez kirib kelayotganini ko‘rgan.

Oila qayiqdan qutqaruv jiletlarini olishga ham ulgurmagan. Ular yonlaridagi kichik qayiqchaga o‘tishga harakat qilgan, biroq u ham ag‘darilib ketgan. Oxir-oqibat uchalasi ham qirg‘oqqa yetib olishga muvaffaq bo‘lgan. Qayiq esa zarbadan keyin atigi uch daqiqa ichida butunlay suv ostida qolgan.

Ular qirg‘oqqa yetib kelganida tun yarmi bo‘lgan. Oilaning qo‘lida juda kam jihoz bo‘lgan, shuning uchun ular sovuq sharoitda tonggacha kutishga majbur bo‘lgan. Qutqaruvchilar ertalab taxminan soat 6:30 da yetib kelgan.

Keyinchalik mutaxassislar qayiqni tekshirganda uning korpusida katta teshik paydo bo‘lganini aniqlagan. Qayiqdan, shuningdek, kit terisining parchalari ham topilgan. Biologlar hodisada aynan qaysi kit ishtirok etganini aniqlash uchun ushbu namunalarni o‘rganmoqda.

Glacier Bay hududida kitlar tez-tez uchraydi. Mutaxassislarning taxminicha, kit o‘sha paytda suvdagi baliqlarni quvib ketayotgan bo‘lishi yoki oziqlanish jarayonida qayiq tomon juda tez yaqinlashgan bo‘lishi mumkin. Hozircha kit qayiqka ataylab hujum qilgani haqida hech qanday dalil yo‘q.

Qizig‘i, oila a’zolari xavfli voqeaga qaramay, tun davomida bir-birini qo‘llab-quvvatlab, qirg‘oqda olov yoqib, tongni kutgan. Ularning omon qolishida vaziyatga tezda moslashgani va qirg‘oqqa yaqin langar tashlagani muhim rol o‘ynagan.

Reaksinagiz qanday?

Tegishli Postlar

1 of 264

Javob qoldirish

Your email address will not be published. Required fields are marked *