AQSHning Shimoliy Karolina shtatidagi Grinsboro shahri politsiyasi ijtimoiy tarmoqdagi hazili bilan internetda katta shov-shuvga sabab bo‘ldi. Huquq-tartibot idorasi 29-sentabr kuni X’dagi sahifasida o‘sha kecha hibsga olinganlar Teylor Sviftning yangi qo‘shiqlarini qayta-qayta tinglashga “majbur bo‘lishini” yozdi.
Gap xonandaning “The Life of a Showgirl: The Encore” albomining yangi delyuks versiyasidagi to‘rtta qo‘shiq haqida ketgan. Politsiyaning posti qisqa vaqt ichida millionlab ko‘rishlar va minglab izohlar yig‘di.
Biroq hazilga munosabat bir xil bo‘lmadi. Ayrim foydalanuvchilar politsiya kabi rasmiy tashkilotning bunday post yozganini tanqid qilgan bo‘lsa, Teylor Svift muxlislarining bir qismi aksincha, bundan qo‘rqmasligini, xonandaning qo‘shiqlarini mamnuniyat bilan tinglashini yozdi.
Internetdagi bahslar kuchaygach, Grinsboro politsiyasi yana bir post bilan chiqib, Teylor Svift muxlislarini “bezovta qilgani” uchun hazilomuz tarzda uzr so‘radi va uning yangi albomini tinglashda davom etishni tavsiya qildi.
Shu tariqa, politsiyaning “jazosi” real amaliyot emas, balki ijtimoiy tarmoqdagi hazil bo‘lib chiqdi. Post esa qisqa vaqt ichida Teylor Svift muxlislari orasida keng tarqalib, bo‘limning o‘ziga ham kutilmagan reklama olib keldi.



















