Madaniyat va dam olishUmumiyYangiliklar

Kamyob kasallik bilan kurashgan 5 yoshli bloger vafot etdi

Braziliyalik 5 yoshli Elis Lima Karneyro kamyob qarish sindromi — Xatchinson-Gilford progeriya sindromi bilan kurashib, 30-sentabr kuni vafot etdi. Uning hayoti va egizak singlisi Eloá bilan birga kechirgan kunlari ijtimoiy tarmoqlarda 1 milliondan ortiq inson tomonidan kuzatilgan.

Elis va Eloá ushbu o‘ta kamyob kasallikka chalingan dunyodagi yagona egizaklar bo‘lishi mumkin edi. Ularning hikoyasi 2023-yilda Braziliya OAVlari qizlarga tashxis qo‘yilgani haqida xabar berganidan so‘ng keng jamoatchilikka tanilgan.

Oila qizlarning kundalik hayotini muntazam ravishda ijtimoiy tarmoqlarda ulashib borgan. Ular gapirish va yurishni o‘rganishi, raqs tushishi, o‘ynashi hamda suzishi aks etgan videolar ko‘plab insonlarning e’tiborini tortgan. Sahifa keyinchalik kamyob kasalliklar haqida xabardorlikni oshirish va shunday holatdagi oilalarni qo‘llab-quvvatlash platformasiga ham aylangan.

Elisning vafoti haqida oilasi Instagram orqali xabar bergan. Qizlarning akasi va qarovchisi Gilerme Lago Elis xotirasiga video joylashtirib, uning kuchli qiz bo‘lganini va ko‘plab insonlarga ta’sir qilganini aytgan.

Elisning o‘limiga nima sabab bo‘lgani hozircha ochiqlanmagan. Uning egizak singlisi Eloá esa hayotini davom ettirmoqda.

Progeriya qanday kasallik?

Xatchinson-Gilford progeriya sindromi juda kam uchraydigan genetik kasallik bo‘lib, organizmning odatdagidan ancha tez qarishiga olib keladi. Kasallik o‘sishning sekinlashishi, soch to‘kilishi, terining yupqalashishi, tana yog‘i va mushak massasining kamayishi hamda bo‘g‘imlardagi qotish kabi belgilar bilan namoyon bo‘lishi mumkin. Shuningdek, yurak-qon tomir tizimiga ham ta’sir ko‘rsatadi.

Reaksinagiz qanday?

Tegishli Postlar

1 of 304

Javob qoldirish

Your email address will not be published. Required fields are marked *