Madaniyat va dam olishUmumiyYangiliklar

Rashid Xoliqov sevgi hikoyasini oshkor qildi

O‘zbek estradasining taniqli vakili Rashid Xoliqov o‘zining sevgi hikoyasi haqida samimiy va hazilomuz tarzda so‘zlab berdi.

Xonanda “Eslaymiz” dasturidagi suhbat davomida turmush o‘rtog‘i bilan qanday tanishgani haqida eslab o‘tdi. Uning aytishicha, u rafiqasi Saida bilan 1992-yilda opalarining to‘yida tanishgan.

“Bir payt qarasam, chiroyli qiz kirib keldi. Shu qiz bilan tanishsam, deganman. O‘sha paytda telefonlar yo‘q edi. Qog‘ozga ismim va raqamimni yozib, yetkazganman”, — deya eslaydi san’atkor.

Xonandaning aytishicha, Saida hazil tariqasida qo‘ng‘iroq qilgan, ammo aynan shu oddiy qo‘ng‘iroq ularning taqdirini bog‘lab qo‘ygan. Ular ikki yil davomida uchrashib yurib, 1994-yilda oila qurishgan.

Bugungi kunda esa ular katta oila egalariga aylangan. “Mana hozir to‘rt nafar nabiramiz bor. Oradan 30 yildan oshdi, haligacha bir-birimizni ‘jinni’ qilib yuribmiz”, — deydi xonanda kulib.

Mazkur samimiy hikoya ijtimoiy tarmoqlarda katta qiziqish uyg‘otib, muxlislar tomonidan iliq fikrlar bilan qarshi olindi.

Reaksinagiz qanday?

Tegishli Postlar

1 of 200

Javob qoldirish

Your email address will not be published. Required fields are marked *