Turkiyalik aktrisa Sinem Ünsal narkotik moddalarga oid tekshiruvdan o‘tdi va test natijalari manfiy ekanligi ma’lum qilindi.
Avvalroq ijtimoiy tarmoqlar va ayrim OAVlarda aktrisaning go‘yoki taqiqlangan moddalar iste’moli bilan bog‘liq ekani haqida turli mish-mishlar tarqalgan edi. Biroq o‘tkazilgan rasmiy ekspertiza bu da’volarni tasdiqlamadi.
Qayd etilishicha, tekshiruv natijalari Sinem Ünsalga nisbatan barcha shubhalarni rad etdi.
Aktrisaning muxlislari esa ijtimoiy tarmoqlarda uni qo‘llab-quvvatlab, bu xabarlar uning obro‘sini yanada mustahkamlaganini ta’kidlashmoqda.



















