Madaniyat va dam olishUmumiyYangiliklar

Uzuk, gul va sirli qiz: Shahzod Sultonov nima rejalashtirmoqda?

Taniqli aktyor Shahzod Sultonov ijtimoiy tarmoqlardagi yangi chiqishlari bilan muxlislar e’tiborini tortdi.

U o‘z sahifasida uzuk, gul va noma’lum qiz ishtirok etgan videoni joylashtirib, turli taxminlarga sabab bo‘ldi. Mazkur lavhada romantik kayfiyat ustuvor bo‘lib, ko‘pchilik bu sahnani aktyorning shaxsiy hayotidagi muhim voqea bilan bog‘lamoqda.

Ayrim muxlislar Shahzod Sultonov yaqin kunlarda unashtirilishi yoki turmush qurishini taxmin qilmoqda. Boshqalar esa bu videoni yangi loyiha — film yoki klipdan parcha bo‘lishi mumkinligini ilgari surmoqda.

Hozircha aktyorning o‘zi ushbu video ortidagi sirni ochiqlamagan. Shu bois mazkur holat ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo‘lib, muxlislar uning keyingi qadamlarini qiziqish bilan kutmoqda.

Reaksinagiz qanday?

Tegishli Postlar

1 of 200

Javob qoldirish

Your email address will not be published. Required fields are marked *