Hindiston estrada san’atining afsonaviy vakili, Bollivudning mashhur xonandasi Asha Bhosle 92 yoshida hayotdan ko‘z yumdi.
Ma’lum qilinishicha, san’atkor yurak xuruji sabab Mumbai shahridagi shifoxonaga yotqizilgan va shifokorlar nazoratida bo‘lgan. Ammo uning hayotini saqlab qolishning imkoni bo‘lmagan.
Asha Bhosle 1933-yilda tavallud topgan bo‘lib, u o‘zining uzoq yillik ijodiy faoliyati davomida hind kinosi va musiqa san’atida katta iz qoldirdi. U turli janrlarda minglab qo‘shiqlar ijro etib, Bollivud saundtreklarining shakllanishiga ulkan hissa qo‘shgan.
Uning ijodi bir necha avlod muxlislari tomonidan sevib tinglangan bo‘lib, ko‘plab mukofot va e’tiroflarga sazovor bo‘lgan. Mutaxassislar va muxlislar Asha Bhoslening vafotini hind musiqasi uchun katta yo‘qotish sifatida baholamoqda.
San’atkorning vafoti munosabati bilan Hindiston jamoatchiligi, siyosatchilar va madaniyat namoyandalari chuqur hamdardlik bildirmoqda.



















