Madaniyat va dam olishUmumiyYangiliklar

Bobur Mansurov mukofot atrofidagi tanqidlarga munosabat bildirdi

Aktyor va bloger Bobur Mansurov “O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va san’at xodimlari kuni” munosabati bilan “Madaniyat va san’at fidokori” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

Mazkur mukofot ijtimoiy tarmoqlarda turli bahs-munozaralarga sabab bo‘ldi. Ayrim foydalanuvchilar mukofotning adolatliligi yuzasidan savollar ko‘targan bo‘lsa, Mansurov bu tanqidlarga javob qaytardi.

Uning ta’kidlashicha, mukofot nohaq berilgani haqidagi fikrlar bilan u rozi emas. “Hammaga birdek yoqishning iloji yo‘q, ijod ham har kim tomonidan turlicha qabul qilinadi”, — deya izoh berdi u.

Mansurov 12 yildan buyon san’at sohasida faoliyat yuritib kelayotganini, shu vaqt davomida seriallar, spektakllar va turli tadbirlarda, hatto ba’zan haq to‘lanmasdan ham ishlaganini qayd etdi.

Shuningdek, u davlat tadbirlari va ijtimoiy loyihalarda ishtirok etganini, bu esa uning mehnati e’tirof etilganini ko‘rsatishini aytdi.

Aktyorning fikricha, ijodkorlarni doimiy tanqid qilish emas, balki ularni qo‘llab-quvvatlash muhim. Aks holda, bu sohaning rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Reaksinagiz qanday?

Tegishli Postlar

1 of 198

Javob qoldirish

Your email address will not be published. Required fields are marked *