G‘aroyibJozibadorMadaniyat va dam olishUmumiyYangiliklar

Megan Markl ilk bor “Emmi” mukofotiga nomzod bo‘ldi

Sasseks gersoginyasi Megan Markl faoliyatida ilk bor nufuzli “Emmy Awards” mukofotiga nomzod sifatida ko‘rsatildi. U Netflix platformasida efirga uzatilgan “With Love, Meghan” loyihasi orqali “Eng yaxshi boshlovchi” (Outstanding Host) nominatsiyasida da’vogarlik qilmoqda.

Sakkiz qismdan iborat ushbu ko‘rsatuvda Megan Markl pazandachilik, bog‘dorchilik va mehmondo‘stlikka oid tavsiyalar bilan bo‘lishadi. Loyiha efirga uzatilganidan so‘ng tomoshabinlar orasida katta qiziqish uyg‘otdi va qisqa vaqt ichida Netflix’ning ommabop dasturlaridan biriga aylandi.

Mukofot uchun kurashda Megan tajribali teleboshlovchilar bilan raqobatlashadi. Bu nominatsiya uning aktrisalik faoliyatidan keyingi media loyihalarida erishgan eng muhim yutuqlaridan biri sifatida baholanmoqda.

Ta’kidlash joizki, Megan Markl 2020-yilda shahzoda Garri bilan birgalikda qirollik oilasidagi rasmiy vazifalaridan voz kechgach, media va kontent ishlab chiqarish yo‘nalishida faoliyatini davom ettirmoqda. Uning ilk “Emmy” nominatsiyasi esa bu yo‘ldagi eng muhim e’tiroflardan biri bo‘ldi.

Reaksinagiz qanday?

Tegishli Postlar

1 of 268

Javob qoldirish

Your email address will not be published. Required fields are marked *