G‘aroyibSayohatUmumiyYangiliklar

Oyga olib chiqilgan SSSR bayrog‘i auksionda rekord narxga sotildi

1969-yilda tarixiy “Apollon-11” missiyasi davomida Oyga olib chiqilgan Sobiq Sovet Ittifoqi bayrog‘i Sotheby’s auksionida 102,4 ming AQSH dollariga sotildi. Noyob eksponat dastlab 7–10 ming dollar atrofida baholangan bo‘lsa-da, kolleksionerlar o‘rtasidagi kuchli raqobat uning narxini kutilganidan bir necha baravar oshirdi.

Mazkur bayroq AQSH va SSSR o‘rtasidagi o‘sha davrdagi xayrixohlik ramzi sifatida fazoga olib chiqilgan. Uni yanada qimmatli qiladigan jihatlardan biri — unda “Apollon-11” astronavti Bazz Oldrinning shaxsiy dastxati mavjudligidir.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, kosmik tadqiqotlar tarixi bilan bog‘liq original buyumlar kolleksionerlar orasida doimo katta qiziqish uyg‘otadi. Shu sababli Oy missiyalariga oid eksponatlar auksionlarda muntazam ravishda rekord narxlarda sotilmoqda.

Ushbu savdo yana bir bor insoniyatning kosmik tadqiqotlar tarixiga oid noyob yodgorliklar nafaqat tarixiy, balki kolleksion qiymat jihatidan ham yildan yilga qadr topayotganini namoyish etdi.

Reaksinagiz qanday?

Tegishli Postlar

1 of 252

Javob qoldirish

Your email address will not be published. Required fields are marked *